Mehmonxonalar uchun

Xonaga xizmat — mehmon telefonidan, QR orqali

Mehmon xonadagi QR kodni skanerlaydi, menyudan taom tanlaydi va tayyor bo'lish vaqtini belgilaydi. Buyurtma darhol oshxona ekranida chiqadi, sochiq yoki tozalash so'rovi — resepshnda. Ilova o'rnatish shart emas.

  • 4 tilda: o'zbekcha (lotin va kirill), ruscha, inglizcha
  • Har qanday telefonda ishlaydi
  • Bir kunda ishga tushadi

Qanday ishlaydi

  1. 1

    QR kodni skanerlaydi

    Har xonada o'z QR kodi. Kod faqat mehmon yashayotgan paytda ishlaydi — check-out'dan keyin yopiladi.

  2. 2

    Buyurtma beradi

    Taom, miqdor, tayyor bo'lish vaqti va to'lov usuli: xona hisobiga yoki yetkazilganda. Narx faqat serverda hisoblanadi.

  3. 3

    Oshxona tayyorlaydi

    Buyurtma ovoz bilan oshxona ekraniga chiqadi, chek avtomatik chop etiladi. Mehmon holatni telefonida kuzatadi.

Imkoniyatlar

Menyu va buyurtma

Rasmli menyu, «tugadi» belgisi, oldindan vaqt tanlash. Oshxona yopiq bo'lsa, buyurtma qabul qilinmaydi.

Xizmat so'rovlari

Sochiq, tozalash, texnik muammo — bir bosishda. Resepshn javob beradi, mehmon holatni ko'radi.

Oshxona ekrani

Planshet yoki televizor: login'siz, ovozli signal, chekni avtomatik chop etish.

Resepshn paneli

Barcha buyurtma va so'rovlar bitta jonli taxtada. Telegram guruhiga xabar.

Xona hisobi

Buyurtmalar xona hisobiga yoziladi, check-out paytida bitta to'lov. Excel'ga yuklab olish.

Shahar qo'llanmasi

Taksi, dorixona, bankomat, valyuta ayirboshlash, favqulodda raqamlar — mehmon resepshnga qo'ng'iroq qilmasdan topadi.

Ko'p tilli

Mehmon o'z tilini tanlaydi. Menyuni bir marta to'ldirasiz — kirillcha avtomatik.

Hisobotlar

Kunlik tushum, ko'p sotilgan taomlar, oshxona va xodimlar tezligi.

Ishonchli va xavfsiz

Har mehmonxonaning ma'lumoti alohida bazada saqlanadi. Bir mehmonxona boshqasining buyurtma, mehmon yoki xodimini hech qachon ko'rmaydi.

  • Xodimlar telefon raqami va PIN bilan kiradi; PIN terish urinishlari cheklangan
  • QR kod faqat yashash paytida ishlaydi, kerak bo'lsa 4 xonali kod so'raladi
  • Narx va summa faqat serverda hisoblanadi — mehmon o'zgartira olmaydi
  • Rollar: rahbar, menejer, yetkazuvchi — har kim faqat o'z bo'limini ko'radi

Narxlar

Boshlang'ich

490 000 so'm / oy

  • 30 tagacha xona
  • 10 tagacha xodim
  • 1 ta oshxona ekrani
  • Barcha imkoniyatlar
Ariza qoldirish

Premium

1 890 000 so'm / oy

  • 400 tagacha xona
  • 80 tagacha xodim
  • 6 ta oshxona ekrani
  • Barcha imkoniyatlar
Ariza qoldirish

Birinchi 14 kun — bepul sinov. Ulash va xodimlarni o'rgatish narxga kiradi.

Ko'p beriladigan savollar

Mehmon ilova o'rnatishi kerakmi?

Yo'q. QR kod oddiy brauzerda ochiladi — iPhone va Android'da, ro'yxatdan o'tmasdan.

Oshxona uchun qanday qurilma kerak?

Har qanday planshet, kompyuter yoki Smart TV brauzeri. Chek uchun oddiy 80 yoki 58 mm termoprinter.

Begona odam QR orqali buyurtma bera oladimi?

QR faqat xonada mehmon yashayotgan paytda ishlaydi. Xohlasangiz, check-in paytida mehmonga 4 xonali kod beriladi va birinchi buyurtmada so'raladi.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Xodim ilovasi «Internet yo'q» deb ko'rsatadi va aloqa tiklanganda o'zi yangilanadi. Buyurtmalar serverda saqlanadi — hech biri yo'qolmaydi.

Shahar qo'llanmasidagi taksi va yetkazish xizmatlari kim?

Bu mehmonlar uchun ma'lumot: mashhur xizmatlar va foydali raqamlar. Ular bilan shartnomamiz yo'q va reklama olmaymiz. Har bir mehmonxona qaysi bo'limlar ko'rinishini o'zi tanlaydi.

Ulash qancha vaqt oladi?

Odatda bir kun: menyuni kiritamiz, QR kodlarni A4 varaqda chop etasiz, xodimlarga 20 daqiqalik ko'rsatma beramiz.

Ulanish uchun ariza

Raqamingizni qoldiring — bir ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz va mehmonxonangizda qanday ishlashini ko'rsatamiz.

Ma'lumotingiz faqat siz bilan bog'lanish uchun ishlatiladi.

Til / Language / Язык